JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT
🔹O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi va Bo‘stonliq tumani hokimligi hamkorligida "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida davom etayotgan targ‘ibot tadbirining navbatdagisi "Oq-tosh" sanatoriyasi ishchi xodimlari va dam oluvchi fuqarolar ishtirokida o‘tkazildi.
🔹Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining maslahatchisi Ilhom Ma’rupov so‘zga chiqib, qatnashchilarga bugungi kunda yoshlar tarbiyasida nimalarga e’tibor qaratish zarurligi, ularni noto‘g‘ri yo‘llarga kirib, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasliklari, ularni ona Vatanga mehr-muhabbat, ezgu qadriyat, urf-odatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular orasida Islom dinini noto‘g‘ri talqin qilish oqibatida g‘arazli insonlarning ta’siriga tushib qolish holatlari oldini olish kabi vazifalar yuzasidan fikrlar bildirdi.